MALAKA OSHIRISH MARKAZI TINGLOVCHILARINING HISOBOT KONSERTI

MALAKA OSHIRISH MARKAZI TINGLOVCHILARINING HISOBOT KONSERTI

2019 yil iyun oyida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan jami 131 nafar pedagoglar o‘z malakalarini oshirish uchun keldilar. Ular “Musiqiy-nazariy fanlar o‘qituvchisi”, “Xalq cholg‘ulari ijrochisi”, “Fortepiano ijrochisi” va “Estrada vokal artisti” yo‘nalishlari pedagoglaridir. Malaka oshirish  kurslari yakunida tinglovchilar chiqish testlari topshiradilar hamda malaka ishini himoya qiladilar. Bundan tashqari tinglovchilarni nafaqat pedagogik jihatdan, balki ularning sahnada ijro etish malakalarini oshirish maqsadida hisobot konsertlari tashkil etiladi.

Tinglovchilarningmalaka oshirish kurslari davomida olgan ijrochilik mahoratlarini namoyish etish maqsadida joriy yilning 22iyun kuniO‘zbekiston davlat konservatoriyasining Kichik zalida ularning kasb yo‘nalishlari bo‘yicha hisobot konsertlari bo‘lib o‘tdi. Malaka oshirish kurslari tinglovchilarining nazariy bilimlar bilan birga ijrochilik mahoratlarini oshirishlari ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

O‘tkazilgan hisobot konserti pedagoglarning sahnada ijrochilik mahoratlari va ko‘nikmalarini yanada shakllantirishga xizmat qiladi.

Share