KONSERVATORIYADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN 5 TASHABBUS

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi bo‘yicha joylarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham ushbu muhim tashabbuslarga jiddiy e’tibor qaratilgan holda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Bastakorlik, musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonandalik va xor dirijorligi fakultetida talaba-qizlarni ish bilan ta’minlash masalasi ham alohida qayd etib borilmoqda. Hozirgi kunda ushbu fakultetda ta’lim olayotgan talaba-qizlarning ko‘pchiligi kollej, bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘rindoshlik asosida mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. Ular kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlariga, o‘zlari ta’lim berayotgan maskanlarda faoliyatlarini davom ettirgan holda yangi iste’dodlarni kashf etishlariga va yurtimiz musiqa madaniyati rivojiga hissa qo‘shishlariga ishonch bildirib qolamiz.
Tavsiya etilgan

Diqqat e’lon!
Aprel 9, 2021

Yangilik
Aprel 7, 2021

Universitet kasaba uyushmasi kubogi
Aprel 3, 2021