TALABALAR YURTIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLARGA BEFARQ EMAS!

TALABALAR YURTIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLARGA BEFARQ EMAS!
  • So‘nggi yillarda yurtimiz yoshlarini hartomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
  • Ijtimoiy,  ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha davlatimiz rahbari 5 tatashabbusni ilgari surgan edi.
  • Joriyyilning 21 iyun kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Bastakorlik, musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonandalik, akademik xor dirijorligi” fakulteti 1-bosqich talabalarining Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni bilish darajasini aniqlash maqsadida “Ma’naviyat va yoshlar bilan ishlash bo‘limi” boshlig‘i F.Qurbonova hamda fakultet dekani D.Himmatov ishtirokida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi.
  • O‘tkazilgan so‘rov natijalari talabalar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishda passiv kuzatuvchi emas, balki Faol targ‘ibotchi sifatida ishtirok etayotganliklarini ko‘rsatdi.
  • O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Bastakorlik, musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonandalik, akademik xor dirijorligi” fakulteti talabalari yoshlarni musiqa san’atiga qiziqtirib, ularni shu sohaga jalb qilishda bilim va qobiliyatlarini ishga solgan holda o‘zlari istiqomat qilayotgan mahallalarda  yoshlarni musiqa san’atiga qiziqtirishga, u haqida tasavvurlarini yanada boyitishga rag‘bat ko‘rsatmoqdalar.
Share