MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARINING HIMOYASI

MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARINING HIMOYASI

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Estrada cholg‘u ijrochiligi” kafedrasida  magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Kafedraning 3 ta magistri – Asqar Hayotov, Shahzod Nuriddinov, Aleksey Litkinlar tadqiqotlari yuzasidan ma’lumotlarni bayon etdilar. Himoyada Davlat imtihoni raisi – O‘zbekiston xalq artisti, dotsent Mansur Toshmatov va a’zolari – O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan  madaniyat xodimi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori N. Norxo‘jaev, San’atshunoslik  fanlari nomzodi, dotsent L. Ganieva (ilmiy rahbar), “Estrada cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri, kompozitor X. Nazarov, kompozitor I. Pinxasov, San’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (Phd) M.  Abrarovalar qatnashdilar.

E’tirof etish lozimki, bitiruvchilar dissertatsiya mavzularida zamonaviy san’at muammolarini yoritib berishga va ularning yechimini topishga muvaffaq bo‘lganlar.

Himoya yuqori sa’viyada o‘tdi. O‘z dissertatsiyalarini himoya qilgan magistrlarni qutlagan holda, ularning yurtimiz professional musiqa san’atini yanada rivojlantirish yo‘lidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Share