RESPUBLIKA TANLOVI O‘Z ISHINI YAKUNLADI

RESPUBLIKA  TANLOVI  O‘Z  ISHINI  YAKUNLADI

Bugun Toshkentda ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktablari, maktab-internatlari, akademik litseylari yosh ijrochilarining Respublika tanlovi o‘z ishini  yakunladi.

G‘oliblarini taqdirlash va tadbirning tantanali yopilish marosimini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari
O.Nazarbekov ochib berdi.

O‘n kun davomida poytaxtda joylashgan ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari hamda akademik litseylarda tanlov ishtirokchilari “An’anaviy cholg‘u”, “Teatr san’ati”, “Estrada-vokal”, “Folklor”, “Xoreografiya”, “Damli va zarbli cholg‘ular (akademik yo‘nalish)”, “Estrada ijrochiligi”, “An’anaviy xonandalik”, “Akademik xonandalik”, “Torli cholg‘ular”, “Fortepiano” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar.

Musiqa san’atining yuksak namunalari asosida o‘quvchi yoshlarni tarbiyalash, o‘zaro tajriba almashish, ijrochilik mahoratini oshirish, iqtidorli yoshlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan Respublika tanlovining yopilish marosimiga qiziqish katta bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbirni O‘zbek Milliy akademik drama teatrining aktyorlari Gulnora Jumanazarova va Aziz Qobilovlar ko‘tarinki ruhda olib bordilar.

Share