TINGLOVCHILARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

TINGLOVCHILARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini  oshirish markaziga shu yilning may oyida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi o‘quv muassasalaridan kelgan tinglovchilar “An’anaviy cholg‘u ijrochisi” va “Xalq cholg‘ulari ijrochisi” kasb yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tamomladilar.

Chiqish testlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda Malaka ishini himoya qilgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini  oshirish markazi direktori Dildora Saipova, O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Zarina Kadirova va bo‘lim uslubchisi Guliston Kuldashevalar ishtirok etdilar.

Share