KONSERVATORIYADAGI MAVJUD MUAMMOLAR YECHIMIGA QARATILGAN YIG‘ILISH

KONSERVATORIYADAGI  MAVJUD MUAMMOLAR YECHIMIGA  QARATILGAN YIG‘ILISH

2019 yil 18 iyun kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rektori, professor B. Sayfullaev rahbarligida oliy o‘quv yurtidagi mavjud muammolarga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda konservatoriya prorektorlari,  fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda barcha bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Konservatoriya faoliyati, talaba-yoshlarga, ijodkorlarga yaratilgan sharoit, o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, yoshlarni sportga jalb  etish yo‘nalishi bo‘yicha fikrlar aytildi.Konservatoriya moddiy-texnik bazasidagi muammolar, jumladan, fuqaro muhofazasi xonasining ta’mirga muhtojligi, Axborot-resurs markazi elektron axborot resurslari bo‘limidagi kompyuter ko‘rsatkichlarining pastligi, o‘quv jarayonlari, amaliyot, baholash tizimi, davomat jiddiy tanqid qilindi.

Yig‘ilish so‘ngida B. Sayfullaev davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus talablarini bajarish barchaning burchi ekanligini yana bir bor ta’kidlagan holda bir hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Share