DONORLIKDA O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI TALABALARI VA XODIMLARI HAM FAOL

DONORLIKDA O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI TALABALARI VA XODIMLARI HAM FAOL

Jahondagi ko‘plab insonlar donor qoniga ehtiyoj sezadi. Donorlik – beg‘araz, ko‘ngilli yordam bo‘lib, qonga ehtiyoji bor insonlar uchun haqiqiy ko‘makdir.

“14 iyun – Butunjahon donorlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ezgulik albatta qaytadi” shiori ostida o‘tkazilgan aksiyada O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi boshchiligida bir guruh talaba hamda ishchi xodimlar Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi “Qon preparatlari” ilmiy ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, donor sifatida ezgulik aksiyasiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Bunday savobli ishda barchamiz faol bo‘laylik!

Share