TOSHKENTDA RESPUBLIKA TANLOVI O‘Z ISHINI BOSHLADI

TOSHKENTDA RESPUBLIKA TANLOVI O‘Z ISHINI BOSHLADI

Toshkentda ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktablari, maktab-internatlari, akademik litseylari yosh ijrochilarining Respublika tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston  Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta  maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 3 maydagi “Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 10 q/q, 34/qq-son qarori asosida tashkil etilgan tanlovning tantanali ochilish marosimi joriy yilning 12 iyun kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nazarbekov ishtirok etdi.

Musiqa san’atining yuksak namunalari asosida o‘quvchi yoshlarni tarbiyalash, o‘zaro tajriba almashish, ijrochilik mahoratini oshirish, iqtidorli yoshlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan Respublika tanlovi 20- iyunga qadar davom etadi.

Share