OLIY TA’LIM MUASSASALARI MATBUOT KOTIBLARINING I RESPUBLIKA SEMINARI

OLIY TA’LIM MUASSASALARI MATBUOT KOTIBLARINING I RESPUBLIKA SEMINARI

Joriy yilning 11-12 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Talabalar media ijtimoiy va madaniyat maskani”ning “Press-klub” zalida Respublika OTMlari matbuot kotiblarining I Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining  o‘rinbosari S.Buzrukxonov ochib berdi.

Ikkikun davom etgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mutaxassisi X.To‘xtarov, vazirlikning Axborot xizmati rahbari F.Babashev, O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A.Karimov, O‘zDJTU dotsenti N.Qosimova, O‘zDJTU dotsenti B.Alimov, vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktor o‘rinbosari O.Musurmonqulovlarning mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, dialog (savol-javob) tarzida “Soha yangiliklarini radio orqali jonli efirda yoritib borish” mavzusidagi “O‘zbekiston 24” radiokanali muharriri N.Toshpo‘latova, “Internet jurnalistikasi talablari, sohaga oid tezkor va haqqoniy axborotlarni tarqatishning muhim shartlari” mavzusidagi kun.uz. internet sayti muharriri A.Ro‘zioxunov, “Oliy ta’lim tizimiga oid dolzarb mavzularni izchil yoritib borish masalalari” mavzusidagi O‘zAMahalliy axborot tahririyati vakili I.Avvalbaevlarning ma’ruzalari ham qizg‘in muhokama qilindi.

Ochiq va shaffof tarzda o‘tgan“Oliy ta’lim muassasalarida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblarining I Respublika seminari yakunida ishtirokchilarga seminar diplomlari topshirildi.

Share