5 TA MUHIM TASHABBUS AMALDA

5 TA MUHIM TASHABBUS AMALDA

Kitob  insonning  eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i hamda bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbaidir. Kitobni inson tafakkurining qanotiga qiyoslashadi. Zero tafakkuri, dunyoqarashi keng, ma’rifatli kishilar jamiyatning chinakam boyligidir. Ma’naviyat esa insonda kitob o‘qish orqali shakllanadi. Har qanday yangilik ham bir kun eskiradi. Biroq insoniyatnint asrlar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar esa aslo eskirmaydi. Binobarin, kitob hamisha ilm-ma’rifat, odob-axloq manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra qudratliroq vosita yo‘q.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida yoshlar ma’naviyatini yuksaklashtirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning  to‘rtinchi tashabbusi – Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, tizimli ishlarni tashkil etish bo‘yicha reja ishlab chiqilgan. Shu reja asosida O‘zDK talaba-yoshlari o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor B.Sayfullaev topshirig‘iga asosan ARM umumiy fondi yangilandi. Hozirgi kunda O‘zDK ARM umumiy fondida 274959 dona kitob mavjud. Ulardan darsliklar 69546 dona, o‘quv qo‘llanmalar 137506 dona, badiiy adabiyotlar 23149 dona, audio kitoblar 108 dona va elektron kitoblar 12436 donani tashkil etadi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha taniqli yozuvchi, shoir va adabiyotshunos olimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, “Men o‘qigan asar”  nomli tadbir asosida doimiy professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar o‘rtasida o‘qigan adabiyotlari taqdimotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Share