O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA NAVBATDAN TASHQARI KENGAYTIRILGAN KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA NAVBATDAN TASHQARI KENGAYTIRILGAN KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor Baxtiyor Sayfullaev ishtirokida kengaytirilgan kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi. B. Sayfullaev tashabbusning birinchisi – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarining Nizomiga asosan o‘tkazilgan “Professor-o‘qituvchilar talabalar nigohida” nomli anonim-so‘rovnoma natijalari, ta’lim tizimini isloh qilish jarayoni, keyingi o‘quv yili rejalarini ko‘rib chiqish, o‘zini -o‘zi boshqarish va moliyalashtirish, bitiruvchi talabalarni o‘z viloyatlariga borib ishlashlarini ta’minlash kabi  masalalarga ham alohida urg‘u berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3178-sonli qarorining 1-ilovasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining 2017 yil 28 dekabrdagi 205-sonli Qaroriga asosan 2018 yil 1 yanvardan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash faoliyat olib borilayotganligini ham e’tirof etib o‘tildi.

Konservatoriyada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik mahoratini oshirish, o‘quv jarayoni sifati va sa‘viyasini tubdan yaxshilash, musiqa san’ati sohasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ijodiy markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zDK yosh pedagog kadrlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida zarur maishiy sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Sayfullaev yig‘ilish so‘ngida asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqib, birinchi navbatda yoshlarni milliy va umumbashariy musiqa san’atining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ularning madaniy sa‘viyasini yuksaltirish, ma’naviy yetuk shaxslarni tarbiyalashda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rnak bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Share