I YOSH KOMPOZITORLARNING XALQARO FESTIVALI DOIRASIDA RASHID KALIMULLINNING MUALLIFLIK KONSERTI

2019 yil 7 iyun kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida I Yosh kompozitorlar xalqaro festivali doirasida Tatariston va Rossiya xalq artisti, Davlat mukofoti laureati, kompozitor Rashid Kalimullinning mualliflik konserti bo‘lib o‘tdi. R. Kalimullinning ijodi mislsiz yorqinligi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. U chuqur ichki kuch, energiya, tovushlar orqali ta’sir ko‘rsatish va o‘zgacha bir dunyo bo‘lmish-musiqa dunyosiga yetaklash kabi alohida qobiliyatga ega.
Konsertni O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, professor, kompozitor Rustam Abdullaev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Konsertda Simfonik freskalar, Simfonik raqslar, saksofon va orkestr uchun konsert, “Sabanto‘y”, “Navro‘z” syuitalarini O‘zbekiston xalq artisti Ismoil DJalilov rahbarligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri yuksak mahorat bilan ijro etdi. Konsert dasturiga Xalqaro tanlovlar laureati Alibek Kabduraxmanov Bosh dirijorlik qildi, yakkanavoz Xalqaro tanlovlar laureati Vladimir Koznov bo‘ldi (Rossiya, saksafon).
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti, musiqashunos Inessa Gulzarova olib bordi.
Tadbir so‘ngida R. Kalimullin dastxati yozilgan “Goroda Mira”, “Lyubimaya derevnya”, “Lesnie skazki” nomli bolalarga fortepiano uchun yaratilgan asarlardan to‘plamlar va disklar konservatoriya kutubxonasi va fonotekasiga taqdim etildi.
Tavsiya etilgan

“Kitobxonlik xaftaligi”
Aprel 13, 2021

Yangilik
Aprel 7, 2021

Universitet kasaba uyushmasi kubogi
Aprel 3, 2021