O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilishiga bag‘ishlangan o‘quv-seminarbo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan  5 ta tashabbusning oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilishiga bag‘ishlangan o‘quv-seminarbo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Sirdaryo va Namangan viloyatlari tajribasi sifatida 2019 yil 19 mart kuni yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta tashabbus ilgari surilgan edi.

Prezidentimizning Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 24 may kuni bo‘lib o‘tganoliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuvlari davomida 5 ta tashabbusning targ‘iboti va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida aniq topshiriqlar berildi.

Shundan kelib chiqib, ushbu tashabbuslarning oliy ta’lim tizimidagi ijrosini o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzilib, uning zimmasiga ma’naviy-ma’rifiy ishlar, tarbiya jarayonlari, talabalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, lozim bo‘lganda amaliy yordamlarko‘rsatish bo‘yicha dolzarb vazifalar yuklandi.

Joriy yilning 7-8 iyun kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida aynan shu tashabbuslar: Musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atga qiziqtirish, Jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, Kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish, Kitobxonlikni targ‘ib qilish, Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashmasalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda ishtirok etgan mas’ul rahbarlar 5 ta tashabbusning ijrosi bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berishdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullaev so‘zga chiqib, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida fikr va mulohazalarini bildirib, sohani rivojlantirishga oid takliflar berdi. Olib borilayotgan amaliy ishlar aniq misollar bilan keltirib o‘tildi. Bo‘ka tumanida tajriba-sinov tariqasidagi Madaniyat va ma’rifat ekoparki faoliyati,ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘iboti bo‘yicha madaniy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan innovatsion izlanishlar tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi.

B.Sayfullaev yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atga qiziqtirish uchun Madaniyat vazirligi va uning ta’sarufidagi tashkilotlar birdamlik bilan Respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlarigaamaliy yordam berishini ta’kidlab shunday dedi:-Mazkur 5 ta tashabbus ijrosini tadbir o‘tkazish yoki hisobot uchun tashkil etish kerak emas. Biz yoshlar bilan hamnafas bo‘lib, ushbu tashabbuslar ular hayotining uzviy bir qismiga aylanishini va bu orqali hali ochilmagan iqtidor qirralari ro‘yobga chiqishini ta’minlashimiz kerak.

O‘quv seminarda vazirliklar, qo‘mitalar, nodavlat va notijorat tashkilotlar mutasaddilari, Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlar va bo‘lim boshliqlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Seminardan kutilgan natijalar tez kunlarda barcha ta’lim muassasalari hayotida o‘z aksini topishiga umid bildiramiz.

Share