XORIJDAGI MAHORAT DARSLARI

XORIJDAGI MAHORAT DARSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019 yil 24 may kuni ta’lim va ilm-fan vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida har bir oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tash, mahorat darslarini tashkil etish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar yechimi bo‘yicha vazifalarni ilgari surgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 30 maydagi 01-11-14-1215-sonli  xatiga asosan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sayyora Gafurova joriy yilning 3-8 iyun kunlari Isroil davlatining Tel-Aviv shahrida konsert hamda mahorat darslarini o‘tkazdi.

Mahorat darslarida ijrochilik mahoratining nozik sir-asrorlari,  o‘ziga xos jihatlari, professional darajada har bir musiqiy asarni ifodalashdagi ichki xususiyatlar mohirona ko‘rsatib berildi. Katta muvaffaqiyat bilan o‘tgan konsert va mahorat darslari tinglovchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.

Share