PREZIDENT TASHABBUSLARI AMALDA

PREZIDENT TASHABBUSLARI AMALDA

2019 yilning 24 may sanasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Toshkent shahar Yoshlar markazi (oldingi O‘zMU madaniyat saroyi)da bo‘lib o‘tgan ta’lim va ilm-fan vakillari bilan uchrashuv chog‘ida turli yosh olimlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning turmush tarzini yaxshilash, xorijdagi yetakchi OTM hamda ITIlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish maqsadida talabalar va yosh olimlarni malaka oshirishlarga yuborish kabi masalalar yechimi bo‘yicha vazifalar bilan birga, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Hozirgi kunda ushbu tashabbus bo‘yicha Respublikamizning barcha hududlarida keng ko‘lamli ishlar jadal sur’atda olib borilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi sifatida berilgan Sergeli tumanidagi xonadon sohibi, hozirgi kunda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi doktoranti, yosh musiqashunos-tadqiqotchi Xumoyn Xaydarov ham O‘zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi “Bulbulcha” ashula va raqs ansambli o‘rta guruh jamoasi bilan uchrashib, qo‘shiqsevar bolalarni san’at va musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini, yoshlar orasida kitobxonlikka va bilim olishga bo‘lgan xohish-istaklarini yanada oshirish maqsadida davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida X.Xaydarov yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim, ilm-fan sohasiga qaratilayotgan e’tibor, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashubbus bo‘yicha yoshlar bilan erkin ko‘rinishda muloqot olib bordi. O‘z bilimi va u orqali erishgan yutuqlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Uchrashuv so‘ngida X.Xaydarov “Bulbulcha” ashula va raqs ansambli o‘rta guruh jamoasi yoshlariga kitoblar sovg‘a qildi. Doktorant 5 ta tashabbusning 1-va  4-yo‘nalishlarini amalga joriy etishda munosib hissa qo‘shishga harakat qilmoqda.

Share