O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI TALABA-YOSHLARI BILAN OCHIQ MULOQOT

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI TALABA-YOSHLARI BILAN OCHIQ MULOQOT

2019 yil 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor Baxtiyor Sayfullaev O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich magistrantlari va
4-bosqich bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan barcha talabayoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda bitiruvchi talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash borasida qator masalalar ko‘rib chiqildi.OChES fakulteti
4-bosqich  talabasi T. Usmonov chet el mutaxassislarini konservatoriyaga jalb qilib, kamida1 haftalik maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish bo‘yicha taklif berdi. O‘MI fakulteti talabasi N.Sharapov ko‘zi ojiz talabalar uchun maxsus kitoblar kamligi sababli, asosan internet orqali o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishlarini, shu sababli Konservatoriya binosida va talabalar turarjoylarida Wi-Fi lar tezligini oshirish taklifini berdi.

Berilgan barcha takliflar B.Sayfullaev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Yangi o‘quv yilidan boshlab, Konservatoriyada reja asosida chetellik san’at va musiqa sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda o‘quv-kurslarini tashkil qilinishini aytdi.

Konservatoriyaning barcha binolari va TTJlarida 100 % Wi-Fi zonalari bilan qamrab olinishi va tezligini yuqori bo‘lishi bo‘yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berdi.

B. Sayfullaev tomonidan ochiq muloqot ishtirokchilariga va talaba-yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bildirgan 5 ta muhim tashabbusi ijrosini amalda qo‘llanilishi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Share