KONSERVATORIYA DOKTORANTIGA PREZIDENT SOVG‘ASI

KONSERVATORIYA DOKTORANTIGA PREZIDENT SOVG‘ASI

2019 yil 3 iyun kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida Ramazon hayiti munosabati bilan turli soha vakillari, shu jumladan ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan ziyolilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev sovg‘alari – xonadonlar topshirildi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2-yil  tayanch doktoranti (PhD) Xaydarov Xumoyn Samijonovichga ham Prezident sovg‘asi – xonadon taqdim etildi.

Tayanch doktorant Xaydarov Xumoyn Samijonovich 2010 yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Kompozitor, musiqashunos, fortepiano” fakulteti bakalavr bosqichini, 2012 yilda magistratura bosqichini “Musiqashunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2012-2018 yillar davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Iqtidorli bolalar akademik  litseyida faoliyat yuritgan.

Xaydarov Xumoyn Samijonovich talabalik yillaridanoq o‘zining iqtidori, bilimi, tashkilotchiligi, hujjatlar bilan ishlash qobiliyatiga ega ekanligi, xulq-atvori, ustozlarga bo‘lgan hurmati e’tiborga loyiq yosh mutaxassislardan biri sifatida alohida ajralib turgan.

Ziyolilarga va ayniqsa aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamiga ko‘rsatilayotgan bu kabi g‘amxo‘rliklar muborak Ramazon Hayiti arafasida chinakam sovg‘a bo‘ldi.

Share