“YOSHLIK ZAVQI” – TALABALAR ORKESTRINING KONSERTI

“YOSHLIK ZAVQI” – TALABALAR ORKESTRINING KONSERTI

30 may kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Kichik zalida konservatoriyaning “Orkestr dirijorligi” kafedrasi Talabalar orkestrining “Yoshlik zavqi” deb nomlangan hisobot-konserti bo‘lib o‘tdi. Konsert dasturida konservatoriya professori F. Abdurahimova, dotsent M. Akmaljonova, dotsent v.b. Sh. Umarov va katta o‘qituvchilar I. Kuvatov, D. Mutalov sinflarining talabalari T. Shukrullaev, J. Mahmudov, X. Imomnazarov, M. Mashrabboeva, F. Jumaeva, S. Ismailov, I. Hafizov, O. Siddiqova, K. O‘rozovalar dirijorlik qilishdi.

Orkestrning rahbari va dirijori, katta o‘qituvchi Ilyos Kuvatov O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun notalashtirgan va cholg‘ulashtirgan “Laylim” qo‘shig‘ini Zarina Nizanieva birinchi marotaba ijro etdi.

Konsert dasturi so‘ngida ilk bora I.Kuvatov tomonidan cholg‘ulashtirilgan S.Yusupovning durdona asarlaridan biri bo‘lmish “Yoshlik zavqi” asari ijro etildi.Konsertni “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi

2-bosqich talabasi O. Mirzajonov olib bordi. Konsertda konservatoriyaning ustoz professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Kuvatov rahbarligidagi Talabalar orkestrining hisobot-konserti ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Konservatoriyada o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlarning ijodga bo‘lgan qiziqishini orttirish bilan birga, ularning mahorati va tajribasini ham oshirib boradi.

Share