“MUZEY – XALQ TARIXINING KO‘ZGUSI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI

“MUZEY – XALQ TARIXINING KO‘ZGUSI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida27 may kuni muzeylar faoliyatini rivojlantirish, madaniy merosimizni avaylab-asrash, jahon miqyosida targ‘ibetish, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida faxr-iftixor tuyg‘ularini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida “18may – Xalqaro muzeylar kuni” doirasida “Muzey-xalq tarixining ko‘zgusi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ushbu tadbir muzeylarda ko‘p yillar davomida muzey ishini rivojlantirib, ajdodlarimiz yaratgan buyuk merosni asrab avaylab hamda kelajak avlodga bus-butun yetkazib, jahonga tanitishda Vatanimiz san’at va madaniyat sohasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shib ushbu sohada samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan faol hamda yosh iqtidorli xodimlarni munosib taqdirlash maqsadida tashkil etildi.

Taqdirlash marosimini  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullaev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Vazir o‘z so‘zida muzeylar mamlakatning madaniy qiyofasini kashf etishda hamda o‘zlikni namoyon qilishda ko‘zgu misolida aks ettirishini aytib o‘tdi. — Yurtimizda ushbu maskanlar faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning nufuzini oshirish, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy, bunyodkorlik salohiyatini ko‘rsatishdagi rolini kuchaytirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda — dedi B.Sayfullaev. So‘ngra, Madaniyat vaziri “Muzey-xalq tarixining ko‘zgusi” Respublika ko‘rik-tanlovining yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirladi. Yilning eng yaxshi muzeyi, eng faol muzey rahbari, ilmiy xodimi, muzey jonkuyari  va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha faollik ko‘rsatgan xodimlarga maxsus diplom, qimmatbaho sovg‘a hamda esdaliklar vazir tomonidan topshirildi.

Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari K.Akilova  ham bir qator muzey xodimlariga faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘a hamda esdaliklarni topshirdi.

Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Axmedov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov so‘zga chiqib  “18may – Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan muzey xodimlarini va g‘oliblarni tabrikladilar.

Tadbirdavomida  O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining professor – o‘qituvchilari va talaba – yoshlari  tomonidan  konsert dasturi namoyish etildi.

Share