XALQARO TANLOV G`OLIBLARI MUNOSIB KUTIB OLINDI

XALQARO TANLOV G`OLIBLARI MUNOSIB KUTIB OLINDI

Avval xabar berganimizdek, 2019 yilning 9-12 may kunlari Italiyaning Barletta shahrida “Citta di Barletta” (“Chitta di Barletta”) nomli XXIX Xalqaro musiqachilar ko`rik-tanlovi,   13-16 may kunlari Pezaro shahrida XVI Xalqaro musiqachilar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu Xalqaro tanlovda O`zbekiston davlat konservatoriyasining “Maxsus fortepiano” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ergashev Aziz va “Orkestr cholg`ulari” yo`nalishi 4-bosqich talabasi Rajabiy Yunus (1-o‘rin), “Akademik xonandalik” yo`nalishi 4-bosqich talabasi Ismatov Farrux(1-o`rin), “Fortepiano (organ)”magistratura mutaxassisligi 1-bosqich talabasi Azizova Nodira (3-o`rin) va Perudjashahrida bo`lib o‘tgan Xalqaro “Musica dall mondo” tanlov-festivalida “An`anaviy ijrochilik” yo`nalishi1-bosqich talabasi  Aliev Murodjon (1-o‘rin) yurtimiz sharafini musiqa maydonida himoya etib g`oliblikni qo`lga kiritdilar.

Quvonarlisi, Pezaro shahrida o`tkazilgan XVI Xalqaro musiqachilar ko`rik-tanlovida Yunus Rajabiy va Aziz Ergashevlar (duet) yana bir bor 1-o`rin sohibi bo`lishdi. Ushbu tanlovlarda konservatoriyaning iqtidorli talabalari turli yo`nalishlarda o‘z mahoratlarini yuksak darajada namoyon etdilar.

Talabalarning ulkan muvaffaqiyatlarga erishishlarida O`zbekiston davlat konservatoriyasining ustoz-murabbiy va yetakchi mutaxassislarining o`rni kattadir. Jumladan, professor O. Yusupova, professor U. Imamov, dotsent
E. Tursunov, dotsent T. Myakushko va dotsent R. Samadovlarning xizmatlarini alohida eslash  joiz

2019 yil 22 may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida g`oliblarni kutib olish marosimi bo`lib o‘tdi. Unda Konservatoriyaning rahbar, professor o`qituvchilari, talabalar va g`oliblarning ota-onalari qatnashishdi.

O`zbekistonning yuksak madaniyati va san`atini xalqaro maydonda keng targ`ib etayotgan talaba-yoshlarimizga omadlar tilab qolamiz.

Share