8-TALABALAR TURARJOYIDA OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

8-TALABALAR TURARJOYIDA OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

O`zbekiston  Respublikasi  Madaniyat vaziri O`zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, Professor B.Sayfullaev O`zbekiston  davlat  konservatoriyasining  8-talabalar turarjoyiga tashrif buyurdi.
B. Sayfullaev talabalar turarjoyidagi shart-sharoitlar bilan tanishib mavjud muammolarni joyida bartaraf  etish bo‘yicha mutaxassislarga topshiriqlar berdi.

Har bir talaba-yoshlar xonasiga kirib, ular bilan alohida suhbatlashdi. Shundan so‘ng, talabalar  bilan  TTJ  hovlisida ochiq muloqot o`tkazdi. Do`stona  bo`lib o`tgan muloqot jarayonida talabalar tomonidan berilgan savollarga to`liq va aniq javoblar berib, murojaatlar ijobiy hal qilindi.

B. Sayfullaev talabalar tomonida yaratilgan “VERAFON” musiqa cholg`usi bilan tanishdi va  yosh ijrochilarning kelgusidagi rejalari, san`atning turli yo`nalishlarini rivojlantirishga oid  takliflarini  qo`llab-quvvatladi

Ochiq muloqot so‘ngida mamlakatimizda ijod ahlining erkin va samarali faoliyat ko`rsatishi, ayniqsa, yosh iste`dodlarni har jihatdan qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, ularning qobiliyatini to`g`ri yo‘naltirib borishga doimiy e`tibor qaratilayotganini yana bir bor  ta`kidladi.

Share