FARG‘ONA VILOYАT SAN’AT KOLLEJI HAMDA FARG‘ONA SНAHAR 4-BMSMDA “USTOZ SABOQLARI” MASНG‘ULOTLARI

FARG‘ONA VILOYАT SAN’AT KOLLEJI HAMDA FARG‘ONA SНAHAR  4-BMSMDA “USTOZ SABOQLARI” MASНG‘ULOTLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017  yil  8  avgustdagi  “O‘zbekiston davlat  konservatoriyasi  faoliyatini  yanada  rivojlantirish  va  takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3178-sonli, 2018 yil
28 noyabrdagi  “O‘zbekiston  Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” PQ-4038-son qarorlari, Prezidentimiz raisligida 2019 yil 19 mart kuni o‘tkazilgan yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish masalalariga bag‘ishlargan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan “Chora-tadbirlar rejasi”ga asosan joriy yilning 20 may kuni Farg‘ona viloyat san’at kollejida, Farg‘ona shahar 4-BMSMda O‘zDKning “Orkestr cholg‘ulari” kafedrasi professori v.b. R.Nigmatov boshchiligida goboy, ingliz burg‘usi va goboy d’amur cholg‘ulari uchun yozilgan maxsus yakkaxon va ansambl asarlar mavzusida ma’ruza-konsert va “Ustoz saboqlari” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ma’ruza-konsertva “Mahorat dars”larida O‘zbektston davlat konservatoriyasining magistr va bakalavr bosqichi talabalari, Xalqaro va Respublika ko‘rik-tanlov g‘oliblari: Sodiqjon Sobirov, Abbosxon Akbarov, Temur Nasirov, Ahror Madaminov, Rustam Nosirovlar ishtirok etishdi.

R.Nigmatov goboy va oiladosh cholg‘ulari uchun yaratilgan asarlar,  shuningdek, bastakorlarning ijodiy faoliyati haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar berdi. Ushbu cholg‘ular tarixiga oid ma’lumotlar yuzasidan tinglovchilarning qiziqtirgan savollarga javob berib, damli cholg‘ularda zamonaviy ijro uslublari yuzasidan o‘zining uslubiy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor B.S.Sayfullaev nomidan o‘quv yurtlariga badiiy kitoblar haamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan o‘quv adabiyotlar taqdim etildi.

Share