“Rahbardan 10ta kitob” aksiyasi davom etmoqda

“Rahbardan 10ta kitob” aksiyasi davom etmoqda

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 19 mart kuni yoshlarga e`tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san`at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to`g`ri foydalanish ko`nikmasini shakllantirish, yoshlar o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish, xotin-qizlar bandligini  ta`minlash masalalariga bag`ishlangan video selektor yeg`ilishi bo`lib o`tgan va unda yoshlar o`rtasida kitobxonlikni yuksaltirish masalasiga alohida e`tibor qaratilgan edi.

Yig`ilishda Prezidentimiz har bir rahbar o`z shaxsiy kutubxonasidan o`zi ta`lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg`a qilsa, bunday ezgu tashabbus kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qilishi, farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatishini ta`kidlagan edi.

Ushbu ezgu tashabbus doirasida O`zbekiston davlat konservatoriyasida ham yoshlar o`rtasida kitobxonlik targ`ibotini yanada kuchaytirish, ta`lim muassasalarida kutubxonalar tashkil etish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Konservatoriyada “Rahbardan 10ta kitob” aksiyasi tashkil etilgan bo`lib, mazkur tadbirda nafaqat rahbarlar, balki har qanday ko`ngilli ishtirokchi qatnashishi va kitob sovg`a qilishi mumkin.

 

Xususan, kuni kecha O`zDKning O`quv ishlari bo`yicha birinchi prorektori Avaz Maksudovich Mansurov Toshkent shahridagi 17-sonli bolalar musiqa va san`ati maktabiga tashrif buyurib, musiqaga oid kitoblar sovg`a qildi. Tashrif so`nggida maktab direktori Yakubova Sofiya Nurtayevna o`z minnatdorchiligini bildirib, ushbu sovg`a qilingan kitoblar ma`naviyat va ezgulik yo`lida xizmat qilishiga ishonch bildirdi

Share