“ESTRADA XONANDALIGI ANSAMBLLARINING ENG YAXSHI IJROCHISI” TANLOVI

“ESTRADA XONANDALIGI ANSAMBLLARINING ENG YAXSHI IJROCHISI” TANLOVI

2019 yil 15 may kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida talabalarni estrada san`atiga bo`lgan e’tiborlarini oshirish, o`z qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Estrada xonandaligi” kafedrasi talabalari o`rtasida “Estrada xonandaligi ansambllarining eng yaxshi ijrochisi” nomli tanlov o`tkazildi.Tanlovni o`tkazishda “Estrada xonandaligi” kafedrasining mudiri, “Estrada xonandaligi ansambli” fanining rahbari, dotsent R. Islamova rahbarlik qildi. Unda Bakalavriatning 28ta talabasi (1-3 kurslar) qatnashdi.  Ular dasturda belgilangan o`zbek va chet el kompozitorlari, estrada yulduzlarining asarlarini duet, trio tarkibida ijro etishdi. Jo`rnavoz Davron Tursunov mahoratli ijrosi bilan tinglovchilar tomonidan olqishlarga sazovor bo`ldi. Tanlov hay’at komissiyasi tarkibida O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi, professor D. Amanullaeva, dotsent R. Islamova, katta o`qituvchi M. O`rinbaeva, “Xor dirijorligi” kafedrasining katta o`qituvchisi
B. Shaxnazarovalar ish olib bordilar.Tanlovda ishtirok etgan talabalarning ijrochilik mahoratlari Hay`at tomonidan 10 balli sistemada baholandi. Eng yuqori ballarga ega bo`lganlar  ketma-ketligi quyidagicha: Farhodov Farrux (1 kurs), Osmanova Aida (1 kurs), Gavva Karina (1 kurs), Djalalov Dilshod (1 kurs), Nizanieva Zarina (1 kurs),  Ahatova Sevara (1 kurs), Mamadaliev Kamron (1 kurs), Mirzaeva Mohitobon (1 kurs), Rahimboev Ahror (1 kurs), Jumanazarov Abdulaziz (1 kurs),  O‘lmasova Diyora (1 kurs), Qahhorov Javohir (2 kurs), Muzaffarzoda Muhammad (2 kurs), Mirsagatova Svetlana (2 kurs), Vedenina Alyona (2 kurs), Aslonov Isfandiyor (3 kurs), Shukurov Izzatillo (3 kurs), Abdurazzoqov Abror (3 kurs). Ayniqsa, iqtidorli 3 kurs talabalari Shukurov Izzatillo (gitarada), Abdurazzoqov Abror (fortepianoda) mahoratli tayyorgarliklarini vokal ijrosida ham namoyon etdilar. Bu ijrochilik uslubi (cholg`u+vokal) ijrochidan yuqori tayyorgarlik darajasini, ya`ni bir vaqtda ham xonandalik, ham sozandalik ko`nikmasini sahnada ko`rsatishni  talab etadi.Ko`tarinki ruxda o`tgan ushbu tanlov  talabalarning  ijrochilik va sahna mahorati ko`nikmalarini egallashlariga yordam beradi.

Share