Tinchlik – eng oliy ne’mat

Tinchlik – eng oliy ne’mat

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi bilan hamkorlikda “Tinchlik – eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q”, “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”, “Odam savdosi – davr muammosi”, “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash”, “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!”, “Yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” kabi mavzularda ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Ma’naviyat va ma’rifat” boshqarmasi boshlig‘i O. Bozorov,“Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimi Q. Shonazarov, Olmazor IIO FMB 9-sonli IIB boshlig‘i, katta leytenanti D. Ismoilbekov, Olmazor tuman Adliya bo‘limi rahbari
H. Mullajonov, Respublika OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi
H.Bobojonov,O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A.Mansurov,Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi psixologi I.Ro‘ziev, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi murabbiylar kengashi raisi B.Azimov, BMFAXXD fakulteti dekani D.Ximmatov,   Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari A.Axmedov, B.Zokirov,
Q.Xabibullaev va 150dan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbati tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar to‘laqonli javoblar olishdi.

Yoshlarni sog‘lom fikrlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni turli oqimlarga kirib qolmaslik, yana bir bor ogohlikka chaqirish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuv mazmunli o‘tdi.

Share