Madaniyat vaziri- O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori konservatoriyada navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Madaniyat vaziri- O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori  konservatoriyada navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Joriy yilning 11 may kunida Madaniyat vaziri- O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori  konservatoriyada navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Unda fuqarolar bir qator masalalari yuzasidan vazir-rektorga murojaat etdi. Dilorom Amanullaeva “Amir Temur” nomli asar- baletiga musiqa bastalayotgani va bu asarni yanada mukammallashtirish va uni sahnalashtirishda yordam zarurligi to‘g‘risida axborot berib o‘tdi, o‘z o‘rnida vazir bunday asarlar kerakligi va tegishli mutaxassislar jalb etilishishi borasida so‘z yuritdi.

 

Feruza Abduraximova –dirijor, Madaniyat vaziriga jamoasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani, Xorazm viloyatining Xiva va Urgench shaharlarida mahorat darslarini o‘tkazib kelishganini aytib, shu bilan birga Toshkent shahrida joylashgan bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy cholg‘u sinflarini ko‘paytirish borasida taklif berdi. Baxtiyor Sayfullaev so‘nggi ikki yilda bolalar musiqa sa san’at maktablarida yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish va san’atga qiziqtirish yuzasidan ko‘plab ishlar amalga oshirilayotganini, Hurmatli Yurtboshimiz tomonidan qo‘yib berilayotgan vazifalar birinchi navbatda aynan maktablarda joriy etilayotganini e’tirof etdi. Shuningdek, yaqin kelajakda barcha Respublika bo‘ylab bolalar musiqa va san’at maktablarida orkestlar jamoasi shakllanishi va ular o‘rta maktablarda konsert tomoshalarini namoyish etilishi rejalashtirilayotgani haqida gapirildi.Shavkat Matyakubov 1-5 sinflar uchun baxshilar to‘g‘risida darsliklar yozganini hamda ushbu darsliklar hozirda faqatgina elektron tarzda qo‘llanilishi mumkinligi haqida so‘zladi, vazir bunday kitoblar ayni vaqtda zarurligi va ularni albatta chop etilishida ko‘maklashishini aytdi.

Share