“SPORT OYLIGI” MUSOBOQALARI

“SPORT OYLIGI” MUSOBOQALARI

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 19 mart kuni bo‘lib o’tgan videoselektor yig’ilishida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo‘yicha 5 muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida ushbu tashabbus ijrosi doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 apreldagi 14-14/1771-sonli majlis bayonnomasiga asosan 2019 yilning may oyi “Sport oyligi” deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham “Sport oyligi”da professor -o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar o‘rtasida turli musoboqalar reja asosida bo‘lib o‘tmoqda.

Erta tongdan sport sog‘lomlashtirish gimnastikasidan  ish faoliyati boshlanmoqda. Kun davomida, bo‘sh vaqtlarida barcha talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar o‘rtasida turli sport musobaqalari (mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka) o‘tkazilmoqda. “Sport oyligi” musoboqalari barchada katta qiziqish uyg‘otdi va ushbu sport-tadbirlarida faol ishtork etib kelishmoqda.

“Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz”shiori ostida o‘tkazilayotgan “Sport oyligi” ni hammani birlashtirdi. Ushbu shior bilan boshlangan yangi fleshmob kundan kunga har bir fuqaroni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishdir.

Share