MUHAMMAD YUSUF IJODIGA BIR NAZAR

MUHAMMAD YUSUF IJODIGA BIR NAZAR

Vatan

Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon,
O‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg‘izim,Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…

                                           Muhammad Yusuf

9 may – Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan  O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Muhammad Yusuf ijodiga bir nazar” deb nomlangan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova,“ O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi”mudiri, f.f.n., dotsent
S.Nurmatova,   f.f.n., f.f.n.I.Tursunov, dotsent v.b.  S.Rahmonova va katta o‘qituvchilar I.Shakirova, N.Tolipova, shuningdek,Nizomiy nomidagi TDPUning kafedra mudiri  f.f.d., professor I.Yakubovlar ishtirok etishdi.

I.Yakubov O‘zDK talaba-yoshlariga O‘zbekiston xalq shoiri, o‘zining betakror she’rlari bilan qalbimizdan joy olgan ijodkor Muhammad Yusufning hayoti va ijodining o‘ziga xos qirralari haqida so‘zlab berdi. Talaba-yoshlar M. Yusuf qalamiga mansub she’rlarni o‘qib, qo‘shiqlaridan xirgoyi qilishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Share