XALQARO TANLOV G‘OLIBLARI

XALQARO TANLOV G‘OLIBLARI

Joriy yilning may oyida (9-12 may) Italiyaning Barletta shahrida “Citta di Barletta”(“Chitta di Barletta”) XXIX Xalqaro musiqachilar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu Xalqaro tanlovda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Maxsus fortepiano” yo‘nalishi 2-kurs talabasiA. Ergashev va “Orkestr cholg‘ulari” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Yu. Rajabiylar (duet) yurtimiz sharafini musiqa maydonida himoya etib1-o‘rin sohibi bo‘ldilar.

13-17 may kunlari esa Pezaro shahrida (Italiya) XVI Xalqaro musiqachilar tanlovi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonning yuksak madaniyati va san’atini xalqaro maydonda keng targ‘ib etayotgan talaba-yoshlarimizga omadlar tilab qolamiz.

Share