“O‘zbekistonda Qozog‘iston yili” shiori ostida o‘tkazilgan mahorat darsi

“O‘zbekistonda Qozog‘iston yili” shiori ostida o‘tkazilgan  mahorat darsi

Hukumatimizning “O‘zbekistonda Qozog‘iston yili” shiori ostida ko‘pgina madaniy tadbirlar, olimlarning ilmiy almashuvi bo‘yicha talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 8-may kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 116-Ma’naviyat va ma’rifat xonasida Qozog‘iston Milliy san’atlar universiteti professori, san’atshunoslik fanlari doktori Djumakova Umitjan Raxmetullovna hamda ushbu universitet doktoranti Musaxodjaeva Saule Karasaevna bilan mahorat darsi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda konservatoriya professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda magistrlari ishtirok etishdi. Mahorat darsi qizg‘in bahs-munozarali o‘tdi.

Tadbirdan oldin O’zbekiston davlat konservatoriyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor Sayyora Akmalovna Gafurova bilan ilmiy yo‘nalishda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnal muharriri Shoyista Ganixanova hamda Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Ashurov ishtirok etdi.

Share