Rossiya xalq artisti Oleg Gazmanov bilan uchrashuv

Rossiya xalq artisti Oleg Gazmanov bilan uchrashuv

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Rossiya xalq artisti Oleg Gazmanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida konservatoriya talabalari Oleg Gazmanov ijodidan qo‘shiqlar ijro etishdi.

Gazmanov konservatoriya talabalariga 103ta  badiiy-adabiy, musiqiy janrdagi kitoblar sovg‘a qildi. O‘z navbatida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan xonandaga dutor sovg‘a qilindi.Oleg Gazmanov ushbu dutor bilan “Moryachka” qo‘shig‘ini ijro etib berdi.

“Men ushbu Oliy o‘quv yurtida o‘z iste’dodlarini namoyish etish, mamlakatini ulug‘lash uchun kelgan yoshlarga nisbatan munosabat hamisha shunday bo‘lib qolishini tilayman. Sizlar bilan uchrashganimdan juda mamnunman.Endi meni ham o‘rganish uchun o‘zbekcha sozim bor. Yangi qo‘shiqlar yozamiz, bu yog‘iga”, – dedi O. Gazmanov o‘z so‘zining oxirida.

Share