“Rishtalar va yo‘llar”II konferensiyasi

“Rishtalar va yo‘llar”II konferensiyasi

Joriy yilning 29 aprelidan 3 mayiga qadar Xitoy Xalq Respublikasida 2- Conference of the music education alliance “Across the balt and road”

Musiqa ta’limi allyansining “Rishtalar va yo‘llar” nomli
II konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiyada O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor S. A. Gafurova va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i E. O‘. Mamadjanovalar ishtirok etdi.Anjumanda 30 ta xorijiy davlatdan 70 dan ziyod jahonning nufuzli konservatoriya, akademiya va universitetlarining vakillari qatnashdi. Azarbayjon milliy konservatoriyasi, Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasi, Italiyaning Santa-Chechiliya konservatoriyasi, Ukraina musiqiy akademiyasi, Mongoliya milliy konservatoriyasi, Vetnam, Meksika, Argentina, Chexiya, Sloveniya, Ruminiya va Xitoy konservatoriyalari shular jumlasidandir.

Anjuman doirasida konservatoriya rektorlarining sammiti, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Barcha davlat vakillari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.

 

Share