O’zbekiston davlat konservatoriyasi rahbar hodimlari tomonidan “Kitob hadiya qil aksiyasi” doirasida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir xususida

O’zbekiston davlat konservatoriyasi rahbar hodimlari tomonidan “Kitob hadiya qil aksiyasi” doirasida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir xususida

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 19 mart kuni bo‘lib o’tgan videoselektor yig’ilishida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo‘yicha 5 muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida ushbu tashabbus ijrosi doirasida amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, 2019 yil 7 may kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi fakultet dekanlari N.Qodirov, D.Ximmatov, F.Abdullaev yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida Bektemir tumanida joylashgan 30-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurishdi. “Kitob hadiya qil aksiyasi” doirasida maktab kutibxonasi uchun kitoblar sovg’a qilishdi.

Tashrif davomida maktab o’quvchilari bilan davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbati bahs va munozaralarga boy o’tdi. O‘quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Share