AJDODLARNI XOTIRLASH – MUQADDAS QADRIYAT

AJDODLARNI XOTIRLASH – MUQADDAS QADRIYAT

Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. 9 mayni Xotira va Qadrlash kunini umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham shu ezgu maqsad yotibdi.

Mamlakatimizda Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlanib ketgan. Joriy yilning 7 may kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat”, “E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch” shiorlari ostida madaniy-ma’rifiy tadbir, 8 may kuni Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, talaba-yoshlarning ma’naviy tarbiyasida inson qadri uning xotirsini sharaflash bilan ulug‘ ekanligini singdirish maqsadidabarcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarga “Sharaf lentasi”nitarqatish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida mehnat qilib kelayotgan, front orti mehnat faxriylari: “Akademik xonandalik va opera tayyorlovi” kafedrasi professori M. N. Rizaeva va Mehnat xavfsizligi bo‘limi muhandisi M. N. AgzamovlargaO‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B. S. Sayfullaev nomidan pul mukofoti topshirildi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida uzoq yillar mehnat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari:Bukin Nikolay Aleksandrovich, Yanov-Yanovskiy Feleks Markovich, Kalmikova Galina Borisovna, Yusupova Roza Yunusovna, Mansirev Atxam Xusainovich, Murtazaev Boxodir Muxtarovich, Nazarova Janna Amayakovna, Nasullaeva Ziyodulla, Salixov Xayot Abdullaevichlarning xonadaniga tashrif buyurib ularga hurmat ko‘rsatildi va sovg‘alar taqdim etildi.

Ikkinchi jahon urishida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, tinchlikni, oramizdagi fidoyi insonlarning qadriga yetish, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini ta’minlash uchun unumli mehnat qilayotganimizning shukronasini qilishXotira va Qadrlash kunini munosib nishonlashdan ko‘zlagan bosh maqsadimizdir. Bu esa har qanday kishini ma’nan rag‘batlantiradi, uni yashashga, yaratishga, elu yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi.

Zero xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir.

Share