Navoiy, Buxoro, Samarqand san’at kollejlarida sinf konsertlari va mahorat darslari o’tkazildi.

Navoiy, Buxoro, Samarqand san'at kollejlarida sinf konsertlari va mahorat darslari o'tkazildi.

O’zDK «Xalq cholg’ularida ijrochilik» kafedrasi professori O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Odiljon Nazarov 30-aprel – 2-may kunlari Navoiy, Buxoro, Samarqand san’at kollejlarida o’z shogirdlari bilan sinf konsertlari va mahorat darslarini o’tkazdi. Konsert dasturi o’zining rang-barangligi va ijro mahoratining yuqoriligi bilan tinglovchilar va ustozlar olqishlariga sazovor bo’ldi. Mahorat darslari xalq cholg’ularida ijrochilik uslubiyotining dolzarb muammolariga bag’ishlandi. Unda Odiljon Nazarov mutaxassislar va talabalar bilan o’zaro fikr almashib zarur maslahatlar bilan o’rtoqlashdi. O’tkazilgan mahorat darsi va konsert dasturlari mutaxassislar tomonidan e’tirof etilib, yuqori baholandi va O’zDK rahbariyatiga o’z tashakkurnomalarini izhor etdilar.

Share