TALABA – YOSHLAR SAN’AT MUZEYIDA

TALABA – YOSHLAR SAN’AT MUZEYIDA

Joriy yilning 25 aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasiningKasaba uyushmasi raisi Baxodir Mirpayazov, fakultet dekanlari Davlat Himmatov, Nabijon Qodirov, Farxod Abdullaev, dekan muovini Bekzod Zokirov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Feruza Qurbonova hamda bir guruh talaba-yoshlari O‘zbekiston davlat san’at muzeyida bo‘lishdi. Ular muzeyda Qozog‘iston Respublikasidan olib kelingan “Buyuk dasht: tarix va madaniyat” nomli ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu ko‘rgazmadan jami 106 ta eksponat joy olgan bo‘lib, ular orasida yog‘och o‘ymakorligi, zargarlik buyumlari, tosh va suyakdan yasalgan ashyolar alohida ahamiyatli.

Ko‘rgazma bilan yaqindan tanishgan talaba-yoshlar ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga muzey xodimlaridan to‘liq javob olishdi. Bu kabi tarixni o‘zida aks ettirgan manzillarga uyushtiriladigan ekskursiyalar – talaba-yoshlarning bilim va saviyalari oshishiga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share