ILMIY SALOHIYAT YO‘LIDA NAVBATDAGI QADAM

ILMIY SALOHIYAT YO‘LIDA NAVBATDAGI QADAM

24 aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida konservatoriya huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD29.11.2017.San.54.01 raqamli Ilmiy kengashida tadqiqotchilar Amanova Nodira Allaberganovnaning“O‘zbek estrada musiqasining milliy o‘ziga xosligi janrlar rivoji kesimida” va Ergasheva Gulchehra Turobovnaning“Chang cholg‘usining genezisi va rivojlanish jarayonlari (changsimon cholg‘ular misolida)” mavzusidagi “Musiqa san’ati” ixtisosligi bo‘yicha san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoya bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston  Respublikasi Madaniyat vaziri – konservatoriya rektori, professor Baxtiyor Sayfullaev ishtirok etdi. Himoya davomida tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, muallifning nazariy xulosalari bilan birga yangi ma’lumotlar ham komissiya a’zolari va yig‘ilganlarga taqdim etildi.

Ximoyada bo‘lib o‘tgan savol-javoblar o‘z-o‘zidan dissertatsiya mavzularining o‘ta dolzarbligi va bugungi kun uchun o‘ta ahamiyatli ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi.

 

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

 

Share

Tavsiya etilgan