ENG YАXSНI VOKAL ASAR UCНUN TANLOV

ENG YАXSНI VOKAL ASAR UCНUN TANLOV

24 aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida “Bastakorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasi tomonidantalaba-bastakorlar o‘rtasida “Eng yaxshi vokal asar uchun tanlov” o‘tkazildi.

Tanlovning shartiga binoan yosh bastakorlar A.Oripov, M.Yusuf, U.Azim, I.Mirzo, Zulfiya, H.Olimjon, A.Loxutiy, M.Tillaboeva va G‘.Majid singari shoirlarining she’rlari asosida ijodiy asarlar yaratishlari lozim edi. Buni professorlar G.H.Muhamedova, G.I.Muhamedova va kompozitor M.Otajonov kabi yetuk mutaxassisbaholab borishdi.

Asarlarni ijro etishda “Akademik xonandalik va opera tayyorlovi” kafedrasining talabalari faol ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra I-o‘rinni A.Abdisattorov (prof.A.Mansurov sinfi);II-o‘rinni J.Jo‘raev (prof.O.Abdullaeva sinfi) va A.Turg‘unov (prof.M.Mahmudov sinfi);III-o‘rinni: A.Mullaev (dos.v.b.A.Hasanov sinfi); A.Tairov (dos.X.Hasanova sinfi); M.Omonjonova (prof.O.Abdullaeva sinfi)lar qo‘lga kiritishdi.

A.Akopyan (prof.A.Varelas sinfi), A.Abibullaeva (dos.v.b.D.Kamilova sinfi), D.Chorixo‘jaeva (prof.O.Abdullaeva sinfi)lar diplom bilan taqdirlandi.

Hay’at a’zolari tanlovyuqori saviyada o‘tganini e’tirof etib, ishtirokchilarni barchalarini ijodlarida yangi parvozlar tilashdi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share