“Tug‘ish yoshidagi ayollarni sog‘lig‘ini saqlash” talaba qizlar o‘rtasida seminar

“Tug‘ish yoshidagi ayollarni sog‘lig‘ini saqlash” talaba qizlar o‘rtasida seminar

Sog‘lom farzand sog‘lom oilada kamol topadi. Bu hayotiy xaqiqatni barchaga tushuntirish, oilalarda tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova, O‘zDK xotin qizlari qo‘mitasi raisi S.Xamdamova va ayol va qizlar vrachi N.Xolmirzaeva bilan xamkorolikda “Tug‘ish yoshidagi ayollarni sog‘lig‘ini saqlash” mavzusida O‘zbekiston davlat konservatoriya talaba – qizlari uchun seminar tashkil qilindi.Seminarda ayollar va qizlar uchun reproduktiv salomatlik, erta turmush qurish va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish va sog‘lom nikoh – sog‘lom oila  xaqida suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Bunday seminarlarni tashkil etishdan maqsad tug‘ish  yoshidagi ayollarda kuzatiladigan kasalliklar soni keskin kamayishi, chaqaloqlarning turli nuqsonlar bilan tug‘ilishi, onalar va bolalar o‘limi kabi noxush holatlarning oldi olishdir. Bu, albatta, mamlakatimizda tug‘ish yoshidagi ayollarni salomatligini mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaliy samarasidir.

Share