MAKTAB O‘QUVCHILARIGA MADANIYAT VAZIRIDAN TUHFA

MAKTAB O‘QUVCHILARIGA MADANIYAT VAZIRIDAN TUHFA

Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida bir qator samarali ishlar tashkil etilmoqdaki, bu albatta kuni kelib o‘z natijasi va samarasini beradi.

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, kompozitor Oydin Abdullayeva va yosh pedagog Nurali Erkayev Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan 26-sonli BMSMga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Baxtiyor Sayfullayev tomonidan taqdim etilgan kitoblar jamlanmasini taqdim etishdi. Unda yangi nashr etilgan badiiy va musiqiy adabiyotlar, o‘zbek va jaxon kompozitorlari ijodiga mansub sara asarlarning nota to‘plamlari, shuningdek, teatr san’atiga doir bir qator kitoblar topshirildi.Ushbu kitoblarni taqdim etish jarayonida bolajonlarning ko‘zlaridagi quvonch va katta qiziqishni ko‘rib, rosti juda ham hursand bo‘ldim, – deydi Oydin Abdullayeva. Shuningdek, Oydin Abdullayeva va Nurali Erkayev tomonidan maktabda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlarga mahorat darslari o‘tildi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share