BELGIYA VA ISROIL MUSIQA IJROCHILARIDAN MAHORAT DARSLARI

BELGIYA VA ISROIL MUSIQA IJROCHILARIDAN MAHORAT DARSLARI

Xabaringiz bor, joriy yilning 5-10 aprel kunlari Termiz shahrida alqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tdi. Unda 74 davlatdan 160 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida Belgiyadan “Voxtra” folklor guruhining vakillari Rafael De Kok, JenssensJekilaynva Isroildan «The Baladis» guruhi yakkaxoni Sofi sedaka, sozandalar Yaniv Tachman, Seri Levi Gad ham bo‘lib, ular kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida talaba-yoshlar uchun mahorat darslari o‘tishdi.

Ularni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Avaz Mansurov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Feruza Qurbonova, xalqaro aloqalar bo‘limi mas’ul xodimi Ilyos Quvvatovlar kutib olishdi va hamrohlik qilishdi. Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Eddi Shapira bilan birgalikda mehmonlar konservatoriya musiqacholg‘ulari muzeyi fondida saqlanayotgan cholg‘ular bilan tanishishdi hamda muzeyning faxriy mehmonlari kitobiga o‘z tilaklarini yozib qolidirishdi.

So‘ngra, konservatoriya organ zalida talaba-yoshlar uchun mahorat darslari va o‘zlari ijro etgan kuy va folklor asarlar to‘g‘risida so‘zlab berishdi. Talaba-yoshlar ular tomonidan ijro etilayotgan sozlar, ularni ijro etish uslublari, ularning milliy kuylari to‘g‘risida mehmonlardan ma’lumotlar olishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share