Rahbardan 10ta kitob tashabbusi

Rahbardan 10ta kitob tashabbusi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Rahbardan 10ta kitob” tashabbusi butun mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor B. Sayfullaev nomidan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori S.Gafurova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova va O‘zDK Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimasi F. Axmedovalar tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-o‘rta maktab o‘quvchilari uchun o‘quv adabiyotlar sovg‘a qilindi. 275-o‘rta maktab direktori M. Nasriddinova O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga va shaxsan B. Sayfullaevga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ushbu adabiyotlar maktab kutubxonasini boyitishi bilan birga o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilishini aytdi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasiva 275-maktab bilan muntazam hamkorlik qilish borasida kelishib olindi.

Share