VAZIRNING NAVBATDAGI QABULI

VAZIRNING NAVBATDAGI QABULI

Joriy yilning 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – konservatoriya  rektori Baxtiyor Sayfullaevning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan fuqarolar murojaatlarining asosiy mazmuni ijodiy, ish bilan bandlik, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash kabilar bo‘ldi. Jumladan, farzandini chet elda bo‘lib o‘tadigan xalqaro festivalda qatnashishiga ko‘maklashishni so‘rab murojaat etgan fuqaro Axtamyanova Aliftina Aleksandrovnaning murojaati ijobiy yechimini topdi.Shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti Aleksey Anatolievich Litkin gitara sozini o‘rgatish borasida o‘zining taklifini bildirib o‘tdi.

Fuqarolar qabuli davomida ko‘plab murojaatlar o‘zining ijobiy yechimini topdi. 

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

 

 

 

Share