O‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollari

Joriy yilning 17 aprel kuni P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi professori, san’atshunoslik fanlari doktori Tatyana Kyuregyan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Baxtiyor Sayfullaev taklifi bilan bakalavriat talabalari va magistrantlariga mahorat darslari o‘tish uchun konservatoriyaga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassis ma’ruzalar hamda mahorat darslari o‘tish uchun, taklif etilganligiga vazir B.Sayfullaevga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. O‘zbekistonda Prezident tomonidan madaniyat va san’at rivojiga, shu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganligi tahsinga loyiqligini e’tirof etdi. San’atshunoslik fanlari doktori Tatyana Kyuregyan P.Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi tuzganligi jahon miqyosida musiqiy ta’limni yuksaklarga ko‘tarishini ishonch bilan aytib o‘tdi.
Tavsiya etilgan

“Vatanim madhiyasi – faxrim, g‘ururim!”
Dekabr 10, 2019

YOSHLIK PARVOZI DAVOM ETMOQDA
Dekabr 10, 2019

“EKOLOGIYA VA SALOMATLIK” MAVZUSIDAGI SEMINAR
Dekabr 9, 2019