«Xalq cholg‘ularida ijrochilik»  kafedrasining 70 yilligiga bag‘ishlanagan konsert dasturi.

"Xalq cholg‘ularida ijrochilik"  kafedrasining 70 yilligiga bag‘ishlanagan konsert dasturi.

2019 yil 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi «Xalqcholg‘ularida ijrochilik» kafedrasi «Registon» guruhi «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”  hamda “Xalq cholg‘ularida ijrochilik”  kafedrasining 70 yilligiga bag‘ishlanagan konsert dasturini namoyish etdi. Konsertni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quvishlari bo‘yicha birinchi prorektori, professor Avaz Mansurov ochib  berdi. Konsert  dasturida o‘zbek mumtoz musiqalari hamda jahon xalqlari musiqalari ijro etildi va tinglovchilarda kata ta‘ssurot qoldirdi. O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan artist Komiljon  Shermatov (qonun), maqom ijrochilarining Gran-Pri sohibi O‘tkir Qodirov (g‘ijjak), guruh rahbari, dotsent Zulxorbek Turapov (ud) hamda Respublika tanlovlari laureati Ihtiyor Po‘latovlarning (doira) ijrolari tomashabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Share