GNESIN NOMIDAGI ROSSIYА MUSIQA AKADEMIYАSI “OPERA TAYYORLOVI” KAFEDRASI PROFESSORI YELENA VIKTOROVNA BABICHEVADAN MAHORAT DARSLARI

GNESIN NOMIDAGI ROSSIYА MUSIQA AKADEMIYАSI “OPERA TAYYORLOVI” KAFEDRASI PROFESSORI YELENA VIKTOROVNA BABICHEVADAN MAHORAT DARSLARI

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni jaxon tajribasi bilan yaqindan tanishtirish, ularni jaxon tajribalari asosida tahsil olishlarini tashkil etish maqsadida konservatoriya rahbariyati taklifi va tashabbusiga binoanjoriy yilning 4 aprel kuni Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi “Opera tayyorlovi” kafedrasi professori Yelena Viktorovna Babicheva tashrif buyurdi.

U konservatoriyada talaba-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, o‘quv jarayonlari, musiqa cholg‘ulari muzeyi eksponatlari bilan yaqindan tanishdi. Unga konservatoriya moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Ilhom Tursunboev, Xaqlaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Elnora Mamadjanova, bo‘lim xodimi Ilyos Quvvatovlar hamrohlik qilishdi.

Shunday so‘ng, Organ zalida konservatoriyada tahsil olayotgan talaba-yoshlar va Musiqali teatr studiyasi xodimlarigamahorat darslarini o‘tkazdi. Mahorat dasrlari davomida V.A.Mosartning «Figaroning uylanishi», P.I.Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» operalaridan lavhalar ijro etilib, yosh ijrochilarga bu borada o‘zining tavsiyalarini berib o‘tdi. Mahorat darslarining ikkinchi qismi romanslar va ariyalar ijrosiga bag‘ishlandi hamdatalaba-yoshlar malakali mutaxasisdan boy tajriba va ko‘plab ma’lumotlar olishdi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share