«BIZ RADIKALIZM, MISSIONERLIK VA PROZELITIZMGA QARSHIMIZ»

«BIZ RADIKALIZM, MISSIONERLIK VA PROZELITIZMGA QARSHIMIZ»

Joriy yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining organ zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan  “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kesimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Madaniyat vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘Zbekiston yoshlar ittifoqi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, professor Avaz Mansurov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Feruza Qurbonova, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Avazxon Hoshimov, fakultet dekan o‘rinbosarlari Azamat Ahmedov, Bekzod Zokirov, Alisher Ahmedov hamda konservatoriyada tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etgan ushbu tadbirda O‘zbekiston halqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunoslik” kafedrasi dotsenti Toxir Xatamov, 4-GOM ShMB mayori Xikmat Sodiqov, Rus Pravoslav cherkovi mutaxasisi Oleg Shkovorodyuk yig‘ilganlarga mavzu doirasida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

Ushbu tadbir “Yoshlar” radiokanali hamda “O‘zbekiston 24” telekanalining axborot informatsion dasturida keng yoritildi.

 

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share