ABDULLA QAHHOR HAYOTI VA IJODIGA BAG‘ISHLANGAN ADABIY BADIIY KECHA

ABDULLA QAHHOR HAYOTI VA IJODIGA BAG‘ISHLANGAN ADABIY BADIIY KECHA

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “O‘zbek va horijiy tillar kafedrasi” hamkorligida o‘zbek adabiyotining zabardast ijodkori Abdulla Qaxxor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda . A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat Til va adabiyot unversiteti dotsent, filologiya fanlari nomzodi A.Ulug‘ov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova, “O‘zbek va horijiy tillar” kafedrasi mudiri, dotsent S.Nurmatova hamda kafedra o‘qituvchilari S.Rahmonova, N.Kurbanovalar, shuningdek, talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida talaba-yoshlarga Abdulla Qaxxorning hayoti, uning mehnat faoliyati hamda uning asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi hamda ularga kafedra jamoasi nomidan Abdulla Qaxxorning yangi nashr etilgan kitoblari sovg‘a qilindi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share