O‘zbekiston kompozitorlari yaratgan estrada qo‘shiqlarining «Eng yaxshi ijrosi» Bo‘yicha tanlov

O‘zbekiston kompozitorlari yaratgan estrada qo‘shiqlarining «Eng yaxshi ijrosi» Bo‘yicha tanlov

2019 yil 2 aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida konservatoriyaning «Estrada xonandaligi» kafedrasi talabalari ijrosida O‘zbekiston kompozitorlari yaratgan estrada qo‘shiqlarining eng yaxshi ijrosi bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan tanlov bo‘lib o‘tdi. Unda kompozitorlardan Ikrom Akbarov, Mutal Burxonov, Enmark Salixov, Dilorom Amanullaeva, Anvar Ergashev, Yevgeniy Shiryaev, Oydin Abdullaevalarning estrada vokal asarlari ijro etildi. Tanlovda 36ta talaba qatnashdi, professor Dilorom Amanullaeva, professor v.b. Yunus Turaev, dotsent Ruslana Islamova, katta o‘qituvchi Movluda Orinbaeva, o‘qituvchilar Kamilla Djalilova, Dilmurod Boybabaev, Akjol Meldebekov sinfidagi talabalar ishtirok etdilar. Hay’at komissiyasida “Estrada cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri, dotsent X.I.Nazarov, kafedra mudiri, dotsent R. R. Islamova, kafedra professori D.D. Amanullaeva, professor v.b. Yu. Sh.Turaev, katta o‘qituvchi M.O.Orinbaevalar ishladilar.

Quyidagi talabalar ijrosi 15ta eng yaxshi ijro deb e’lon qilindi.

 

  1. Abdurazzakov Abror (prof. D.Amanullaeva)
  2. Yo’ldashev Baxodir (prof. D.Amanullaeva)
  3. O‘lmasova Diyora (prof.v.b. Yu.Turaev)
  4. Gavva Karina (prof.v.b. Yu.Turaev)
  5. Xakimov Saidalam (prof.v.b. Yu.Turaev)
  6. Osmanova Aida (dos. R.Islamova)
  7. Djalalov Dilshod (dos. R.Islamova)
  8. Jumanazarov Abdulaziz (dos. R.Islamova)
  9. Ma’rufaliev Paxlavon (katta o‘qit. M.Orinbaeva)
  10. Ermatov Javlon (katta o‘qit. M.Orinbaeva)
  11. Nizanieva Zarina (o‘qit. K.Djalilova)
  12. Ramizov O‘lmas (o‘qit. K.Djalilova)
  13. Eshkulova Nafisa (o‘qit. K.Djalilova)
  14. Farxodov Farrux (o‘qit. A.Meldebekov)
  15. Raximboev Axror (o‘qit. A.Meldebekov)

Tanlov talabalarning professional o‘sishiga, sahna mahoratiga, ijrochilik texnikasining rivojiga foydali bo‘ldi.

 

Share